Yangiliklar, aksiyalar

Yangi uy olishda eng ko'p uchraydigan 7 ta xato va ularning oldini olish

Yangi uy olishda eng ko'p uchraydigan 7 ta xato va ularning oldini olish
Yangi uy sotib olish hayotimizdagi eng katta va mas’uliyatli qarorlardan biridir. Ammo ko‘p odamlar bu jarayonda shoshqaloqlik qiladi va natijada afsuslanib qoladi. Biz bunday xatolarga yo‘l qo‘ymasligingiz uchun eng ko‘p uchraydigan 7 ta xatoni to'pladik.

1. Faqat arzon narxga qarash

Uy xarid qilmoqchi bo'lganlarning ko'plari “Eng arzon uyni olaman” degan qarash bilan tanlov qiladi. Past narxli uy degani o'sha uy sifatli yoki joylashuvi qulay degani emas. Arzon uylar ba’zan uzoqroq hududda yoki infratuzilmasi rivojlanmagan joyda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun uy xarid qilishdan oldin narx bilan birga hududni, transport qulayligini va atrofdagi muhitni ham hisobga oling.
Masalan Shota Rustaveli ko‘chasidagi uylar hamyonbop bo‘lishi bilan birga joylashuvi jihatdan ham qulay. Bu kabi variantlarni “Betterbest” saytida ham ko‘rishingiz mumkin:
👉 betterbest.uz

2. Hujjatlarni sinchkovlik bilan tekshirmaslik

Hujjatlarni tekshirish bu eng muhim ishdir. Kunimizda hujjatiga qaramasdan uy xarid qilib kuyib qolganlar oz-muncha emas. Mutahasis yoki yurist maslahati bilan shartnom qilish eng salomat yo'ldir.

3. Bo‘lib to‘lash shartlarini o‘rganmaslik

Hozirgi kunda ko'pchilik uylarni bo'lib to'lash shartlari evaziga xarid qilishmoqda. Ammo xaridorlar ko‘pincha shartlarni chuqur o‘qimaydi va kelishuvni og'zaki uslubda amalga oshiradi. Reklama jarayonida aytilgan foizlar, muddatlar, qo‘shimcha to‘lovlar hamma joylarda ham amal qilmasligi mumkin.
Eng yetakchi uy qurish kompaniyalaridan biri bo'lgan Betterbest kompaniyasi ham bo'lib to'lash shartlari evaziga uylar taklif qiladi. Sotuv offislarga tashrif buyurish orqali barcha shartlar va muhit bilan tanishishingiz mumkin.

4. Uyni faqat tashqi ko‘rinishning o'ziga qarab tanlash

Chiroyli fasad yoki yangi qurilish sizni aldab qo‘ymasligi kerak. Asosiy e’tibor uyning ichki sifati, materiallari, izolyatsiyasi va kommunikatsiyalariga qaratilishi kerak. Keyinchalik ta’mir va qo‘shimcha xarajatlarga tushib qolmaslik uchun ichki tomonlarini ham sinchkovlik bilan tekshirib chiqing.

5. Joylashuvni hisobga olmaslik

“Qayerdan olsam ham narxi arzon bo‘lsa bo‘ldi” deb o'ylasangiz yanglishasiz. Bu keyinchalik transport va vaqt muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Toshkent shahrida yashashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz olayotgan uyingiz ishga yoki farzandlaringiz maktabiga yaqin bo‘lishi katta qulaylik beradi.

6. Shoshqaloqlik bilan qaror qilish

Ba’zi odamlar tezroq uy sotib olishni maqsadida, variantlarni solishtirmasdan qaror qabul qiladi. Sotib olgan dan keyin esa “yaxshiroq variant bor ekan-ku” deb pushaymon bo'ladilar. Shoshilmasdan, kamida 3 yoki 4 ta variantni solishtiring. Masalan Betterbest kompaniyasi Toshkent shahrining o'zida bir nechta joyda uylarni taqdim etadi. Har bir loyihani solishtirib ko‘rish uchun betterbest.uz saytiga kiring!

7. Kelajakni hisobga olmaslik

Bugungi sharoitlarga moslab qaror qilishdan avval keyinchalik oilaviy sharoitlaringiz o'zgarishi mumkinligini ham hisobga oling! Masalan, kelajakda farzandlar uchun qo‘shimcha xonalar kerak bo‘lishi mumkin. Shu sababli uyni faqat bugungi ehtiyoj emas, balki 5-10 yil keyingi hayot tarzini hisobga olib tanlash maqsadga muvofiqdir.
Toshkent shahrida hamyonbop, arzon va sifatli uy izlayotgan bo‘lsangiz, “Betterbest” loyihalarini ko‘rib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Ba'zi loyihalarda hattoki 96 oygacha bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud.

Batafsil ma’lumotni betterbest.uz saytida topishingiz mumkin.
Yangiliklar Aksiyalar Maxsus taklif