Ilk loyihalarimiz 2019-yili Farg'ona viloyatining Qo'qon shahridan boshlangan. River House — xalqimiz uchun yer maydoni 600 mkv maydonga uy bunyod etilib, hozirgi kunda 50 nafar oilani o'z bag'riga olgan.
«Better Best» qurilish kompaniyasi 2019-yilda o'z faoliyatini boshladi. Kompaniya yosh bo'lishiga qaramasdan uzoq yillik tajribali insonlar jamoasi bilan boshlangan loyiha edi. Shu bois, qisqa fursat ichida ko'plab insonlar ishonchini
qozona oldi.
Toshkent shahrida ham «River House» majmuasida ishlar jadallik bilan boshlandi. Unda xonadonlar maydoni 4164.66 m2 bo'lib, 51 nafar oila uyli bo'ldi. Har ikki majmua ham 2019-yilda qurilishni boshlab, 2021-yilda topshirildi.
Baxtli oilalarni jamlagan Nice Villas
Har ikki loyiha muvaffaqiyatli topshirilgach, 2021-yilda 560 ta xonadonlarni bag'riga sig'dira oladigan «Nice Villas» majmuasi qurilishiga start berildi. Yashnobod tumanida qurilishi boshlangan 10-12 qavatli bu majmuaning umumiy maydoni 10 000 mkv'ni tashkil etadi. Majmua 2023-yil oxirida foydalanishga topshirildi.
Yakkasaroydagi «Black Tower» majmuamiz shaharning go'zal manzaralarini ko'rishga yordam beradi. 296 ta xonadonlarni jamlagan ushbu majmuamiz umumiy 1558 mkv maydonda bunyod etildi. Hozirda yakuniy pardozlash ishlari nihoyasiga yetgan
Premium joylashuvdagi majmua «Black Tower»
56 580 mkv yashash maydoniga ega majmua
Yashnobod tumanidagi «Almaz Tower» majmuasida 1190 ta xonadonni bag'riga oladi. Hozirda majmuada qurilish ishlari jadal suratda davom etmoqda. Uning yer maydoni esa 11480 mkvni tashkil etadi. Bino 2025-yilda topshirilishi reja qilingan.
Olmazor tumanidagi «Silver Tower» majmuasi o'zida 2 254 nafar oilani sig'dira oladi. Loyihaning umumiy maydoni esa 11 370 mkvni tashkil etadi. Hatto, xonadon egalari uchun yashil hudud loyihasi ham o'ylab chiqilgan. Uning foydalanish maydoni esa 88.244 mkv. Topshirilish muddati 2025-yil.
2254 ta xonadon—2254 ta baxtli mijozlar
Katta oilalar uchun yevrokotejlar
Ko'p qavatli uylardan tashqari, kompaniyamiz katta oilalar uchun yevrokotejlar bunyod etgan. Yashnobodda joylashgan kotejlarimiz soni 12 tani tashkil qiladi. Har birida 60 mkvdan 3 qavat yashash binosi, 90 mkvda podval qismi ham mavjud. Uylar o'z egalariga topshirilgan.
Olmazor tumanidagi Tansiqboyev mahallasidagi Yoshlar guzarida joylashgan bu 5 qavatli bino mahalla guzari va mehmonxona uchun mo'ljallangan. Uning maydoni 400.0 m2'ni tashkil etadi. Foydalanish maydoni esa 1800 m2. Topshirilsh muddati 2024-yil.
Olmazor tumanidagi ko'rkam bino
Samarqand darvoza ko'chasida joylashgan 3 sotixli maydonda qad rostlayotgan biznes markazi esa buyurtmachi kompaniyaning yanada rivojlanishiga yordam beradi. Bino 4 qavatdan iborat bo'lib, yerosti avtoturargohi, zamonaviy liftlari mavjud. Ofis binosi hozir foydalanishga tayyor holatda.
2023-yilda qurilishi boshlangan «Maljaan Residence» yurtdoshlarimiz va ko'plab tadbirkor, taniqli biznes egalarini ham befarq qoldirmadi. Uning tashqi dizayni, rivojlangan
infratuzilmaga ega hududda joylashuvi 1960 nafar bo'lajak uy egalariga qulay imkoniyatlar taqdim etadi. Majmuaning maydonining yer maydoni 21 197 mkv ni tashkil etib, 2025-yilga topshirilishi rejada belgilangan.
2.2 gektarda bunyod etilayotgan «Maljaan Residence»
Yana bir ko'rkam majmua Chigil Residence
Yashnobodda joylashgan «Chigil Residence»da 2024-yil qurilish ishlari start oldi. Bu majmuamiz o'zining qulay joylashuvdaligi bilan ham ajralib turadi. 2 qavatli avtoturargoh, savdo do'konlari, bozor, metro va ta'lim muassasalariga yaqin hududda joylashganligi oilangizni xotirjam yashash sharoitlari bilan ta'minlaydi. 12 577.1 m² maydonda bunyod etilayotgan Chigil Residence 179 nafar oilani o'z bag'riga oladi. Topshirilish muddati esa 2025-yilga mo'ljallangan.
Better Best kompaniyasining asoschisi:
Abdullaev Rakhmatillo Abdulazizovich